O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi
Jamiyat
−
06 iyun 13910 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shofirkon tuman hokimligi xabar berdi.
Azim Latipov 1951 yil 6 iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1971 yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xo‘jaligida boshlagan. Buxoro viloyatida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan. Dehqonchilikda esa eski qovun navlarini qayta yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat bilan ham shug‘ullangan. 1996-2007 yilarda Buxoro jamoa xo‘jaligi lavozimida faoliyat yuritgan.
1996 yilda “Shuhrat medali“, 2002 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Uch bora O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylangan. 2004-2019 yillarda Senatning Agrar, suv masalalari va экология qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. 2004 yildan Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr