O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishga cheklovlar o‘rnatildi

Jamiyat

image

2025 yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning normalari belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining bugun, 19 aprel kuni qabul qilingan “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maksadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • havo transportida - 1000 dollar (amalda 2000 dollar);
  • temiryo‘l va daryo transportida - 500 dollar (amalda 1000 dollar);
  • avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali - 300 dollar;
  • xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali - 200 dollar (bir chorakda 1000 dollar);
  • xalqaro pochta jo‘natmalari orqali - 100 dollar (o‘zgarmagan).

Shuningdek, temiryo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bo‘lganda, havo transportida esa 3 kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi. Bunda ushbu tovarlarga bojsiz olib kirish normasidan ortiq deb qaraladi va tovarlarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

bojsiz olib kirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar