Toshkentda haydovchi narkotik modda ta’sirida YTH sodir qildi

3-sahifa

image
O‘zbekistonda 2 kun ichida 100 kilodan ortiq narkotik aniqlandi north_east

O‘zbekistonda 2 kun ichida 100 kilodan ortiq narkotik aniqlandi

Bugun, 19 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti haydovchisi narkotik modda ta’sirida yo‘l-transport hodisasi sodir qildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:30 da Chilonzor tumanining TXAY va Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori yo‘l-transport hodisasini sodir etib, hodisa joyidan yashirinishga uringan davlat raqam belgisiz harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli transport vositasiga ovoz kuchaytirgichlar yordamida to‘xtash ishorasini bergan.

YPX xodimining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil to‘xtatish ishorasiga bo‘ysunmagan va 2 ta Damas avtomobiliga texnik shikast yetkazgan holda hodisa joyidan qochishga harakat qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida transport vositasi to‘xtatilib, uning ichida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar tekshirilganda, avtomobil ichida noma’lum moddalar, shuningdek, narkotik modda iste’moli uchun ishlatilgan buyumlar borligi aniqlangan. Haydovchi ham narkotik modda ta’sirida bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi protsessual tartibda ushlanib, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Shuningdek, boshqa yo‘lovchilarning harakatlariga ham huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing