Ukarianing Qrim ko‘prigiga ATACMS raketasi bilan qilgan hujumi qaytarildi – Rossiya

Olam

image

Rossiya kecha, 15 avgust kuni tunda Ukraina Qurolli kuchlarining Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan yirik raketa hujumi qaytarilganini e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bildirilishicha, ko‘prikka otilgan barcha 12 ta ATACMS raketasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

“Krimskogo vetra” Telegram-kanaliga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi tufayli Qrim ko‘prigi to‘rt soatga to‘sib qo‘yilgan, faqat ertalabdan boshlab harakat tiklangan, har ikki tomondan 2300 ga yaqin avtomobil tirbandlikda to‘planib qolgan.

Anneksiya qilingan Qrimning Kerch shahri yaqinida yong‘inlar qayd etilgan va Mitridatlar tog‘i yaqinida vayronalar bor.

Avvalroq Rossiya Qora dengiz uzra 5 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari hamda Qrim yarimoroli tomon yo‘l olgan 2 ta uchuvchisiz kater tutib olinib, yo‘q qilinganini bildirgandi. Ukraina tomoni esa ko‘prikdagi raketa hujumiga izoh bermagan.

Qrim ko‘prigining roli

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, G‘arb kuzatuvchilari va harbiy ekspertlar Qrim ko‘prigining Rossiya Qurolli kuchlarini ta’minlashdagi muhim rolini bir necha bor ta’kidladi. Biroq, joriy yilning may oyi boshida Ukrainaning OSINT agentligi Molfar sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib chiqqach, Ukraina hujumlari tufayli Rossiya o‘z qo‘shinlarini ta’minlash uchun ko‘prikdan foydalanishni to‘xtatganini e’lon qildi.

Tahlilchilarning fikricha, Rossiya Federatsiyasi Qrim ko‘prigidan harbiy maqsadlarda foydalanishdan 2023 yil 17 iyulda Ukraina Qurolli kuchlarining yer usti dronlarining hujumi oqibatida ko‘prikning bir necha oraliqlari vayron bo‘lganidan keyin voz kechishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning aprel oyida AQSH Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga yordam berish uchun alohida qonun loyihasini taqdim etgandi. U 61 milliard dollar va ATACMS raketalarini ajratishni nazarda tutgan. Shuningdek, “BRAVO Team” maxsus bo‘linmasi Kursk viloyatining Sudja shahri Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya ATACMS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing