Prezident qarori bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta'sischilarini yig'ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo'ladigan munosabatlariga ta'sir o'tkazish qat'iyan man etiladi.
Paxta-to'qimachilik klasterlari hamda mahsulot etishtiruvchilarga ekinlarni joylashtirish, er va suv resurslaridan foydalanishda qonunchilikda nazarda tutilmagan cheklovlar kiritgan mutasaddilarga belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo'llaniladi;
Paxta-to'qimachilik klasterlariga to'rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo'shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.