Toshkentda bir yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan daraxt qulashi holati tergov qilinmoqda

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida daraxt ag‘darilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etgani xabar qilingandi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bildirilishicha, Chilonzor tumanida 1 yoshli qiz vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Tekshirishda suv quvurlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan”, deydi Hayot Shamsutdinov.  

Uning aytishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made