Braziliyada suv toshqinlari oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi (foto)

Olam

5

Braziliya janubidagi Riu-Grande-du-Sul shtatida  suv toshqinlari oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Mamlakat fuqarolik mudofaasi departamenti 70 ga yaqin odam bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Kuchli yomg‘ir shtatning 497 shahrining yarmidan ko‘piga ta’sir ko‘rsatgani sababli kamida 24 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

"Bu raqamlar yaqin kunlarda sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, chunki biz ko‘proq hududlarga kirish imkoniga ega bo‘lamiz", deydi shtat gubernatori Eduardo Leyte.

Takuari daryosi vodiysidagi butun shaharlar butunlay suv ostida qolgan. Ayrim shaharlarda ko‘chalar daryoga aylangan, yo‘llar va ko‘priklar vayron qilingan. Shuningdek, suv toshqinlari gidroelektr to‘g‘onining qisman vayron bo‘lishiga olib keldi.

Shtat poytaxti Portu-Alegrida daryo qirg‘oqlaridan toshib ketdi va suv bosgan ko‘chalar shaharning markaziy mahallalariga kirishni to‘sib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Braziliyada odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan suv toshqinlari yuzasidan hamdardlik bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing