Zilziladan 3 oy o‘tib, Suriya vayronalari ostidan tirik odam topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriyada dahshatli zilziladan uch oy o‘tib, vayronalar ostidan tirik odam topildi. Bu haqda “Akhbar.fouri” mahalliy nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Jabrlanuvchi reabilitatsiya uchun shifokorlarga topshirilgan. Nashr erkakning suratini ham e’lon qilgan. Rasmdan ko‘rish mumkinki, u juda ozib ketgan. Erkakning shu paytgacha qanday omon qolgani tafsilotlari hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqida, Suriya chegarasiga yaqin Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali vayronkor zilzilalar sodir bo‘lgandi.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 50 783 kishini tashkil etgan, Suriyada esa 5,8 ming kishidan oshgan. Jami zilzilalar oqibatida Suriyada 400 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi. 1,5 ming kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Zilzila tirik odam vayronalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing