IIBB o‘quvchidan topilgan qurol qayerdan kelib qolganini ochiqladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 10-sinf o‘quvchisi maktabga qurol, ovoz pasaytirgich, 1,5 mingta metall o‘q va himoya niqobi olib kelgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 20 fevral kuni 5-sonli o‘rta maktab o‘quvchisida Umarex IWI Mini Uzi markali pnevmatik pistolet-pulemyot borligi aniqlanib, olib qo‘yilgan. Qizig‘i shundaki, u plastmassadan yasalgan. Unda soxta “glushitel”, gaz balloni, metall sharlar (o‘qlar) va rezina niqob ham bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bunday pnevmatik pistolet erkin savdoda mavjud va sport sohasida foydalaniladi. Unga egalik qilish va foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma ham kerak bo‘lmaydi. Shu bilan birga, bu qurolni saqlash va foydalanishda qator taqiq hamda umume’tirof etilgan xavfsizlik qoidalari mavjud.

“O‘quvchi qurolni do‘kondan sotib olgan va sinfdoshlariga maqtanish uchun maktabga olib borgan”, deyiladi xabarda.

O‘smir va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Baholaganlar

246

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing