Toshkentda 187 nafar fohisha qo‘lga olindi

Jamiyat

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi  Patrul post xizmati brigadasi shaxsiy tarikibi hamda Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar, 12 kun davomida o‘tkazilgan “Oriyat” tadbirlarida poytaxtda faoliyat yuritayotgan 187 nafar fohisha qo‘lga olindi. 

Tadbirda soat 21:00 dan tonggi soat 04:00 ga qadar poytaxt ko‘chalarida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan yenil tabiatli ayollar qo‘lga olingan. Eng achinarlisi, ular orasida homiladorlar ham bor. 

Qizlarning ko‘pchiligi suhbatda yaqinlari yo‘qligi, oson pul topish uchun shu yo‘lga kirgani, boshqalar qatori qimmatbaho kiyimlar kiygisi, yaxshi yashagisi kelgani uchun fohishalik qilishini aytadi. Ular orasida sharoiti og‘irligi, noilojlikdan shu ishni qilayotgani, boshqa ishdan topgan oyligi na uyi, na yeb-ichishiga yetganini aytayotganlar ham bor. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga muvofiq fohishalik bilan shug‘ullanish — eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Fohishalar

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing