Kreml: “Idlib ustidan uchuvchi turk samolyotlari xavfsizligiga kafolat berilmaydi”

Olam

image

Moskva Suriyaga uchayotgan turk samolyotlarining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi. Bu haqda "Arab News" agentligi xabar qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Damashq Idlib hududi orqali havo maydonlarini yopib qo‘yganidan keyin ana shunday bayonot bilan chiqdi. Turkiya Respublikasi kuchlari esa Idlibni xalq xohlamagunicha tark etmasligini aytdi.

Avvalroq, Erdo‘g‘an Suriyadagi taranglikni muhokama qilish uchun Rossiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilindi. "Prezident 5 mart kuni Rossiyaga bir kunlik tashrif bilan boradi", dedi Turkiya Prezidenti ma’muriyati.

Kecha, 1 mart kuni Turkiya Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya kuchlariga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini tasdiqladi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing