Nomi o‘zgargan GM, oilasi haqida aytgan Saida Mirziyoyeva, uyi buziladigan “shoxi borlar” va kunning muhim xabarlari sharhi

Jamiyat

image

“Hali ko‘rasizlar, “shoxim bor”, deb yurganlarning uyi ham buziladi” – Erkinjon Turdimov.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning viloyat mutasaddilari bilan o‘tkazdi. Yig‘ilishda hokim noqonuniy yer ajratilgani va korrupsiya ko‘payib ketganligin tanqid qildi. SHUningdek, noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilishini aytib o‘tdi.

“Shaharda hamma yoq “o‘yin”. Korrupsiya! Qurilishga ruxsat berish uchun imzolangan qarorlarning asli yo‘qotib yuborilgan. 85 ta qarorning asli yo‘q. “Qani qaror?” desak, “Yo‘q qaror. Bu qaror bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin”, degan javobni eshitamiz.

Loyiha bo‘yicha shahar markazida mehmonxona qurish mumkin, lekin ko‘p qavatli uy qurish mumkin emas. Qurganlarning imorati ham buziladi. Hali ko‘rasizlar, “shoxim bor”, deb yurganlarniki ham buziladi”, degan Samarqand viloyat hokimi.


Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov va oilasi haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirib, oilasi haqida gapirdi. Mirziyoyeva bor kuchini oilasi va turmush o‘rtog‘idan olishini aytdi. 

“Yillar shu darajada shiddat bilan o‘tib ketyaptiki, ushbu suratga ham mana 6 yil bo‘libdi. Charchagan chog‘imda yoki biron bir masala yechimida qiyinchiliklarga duch kelganimda, turmush o‘rtog‘imning mustahkam yelkasi hamda farzandlarimning qaynoq mehri menga yanada kuch bag‘ishlaydi. 

Bizning har bir qarorimiz oilalarimiz farovonligi, farzandlarimiz baxti va quvonchiga sabab bo‘lishi kerak. Aslida insondan o‘zi shu qolar ekan. Yillar shiddat bilan o‘tib ketmoqda...”, deb yozadi Mirziyoyeva.

O‘zbek sporti og‘ir judolikka uchradi.

Bugun, 3 iyul kuni o‘zbekistonlik basketbolchi, SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Ravilya Prokopenko (Salimova) 77 yoshida vafot etdi.

Ravilya Nadjipovna Prokopenko (Salimova) 1941 yil 8 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Ravilya Salimova 2 marta jahon va 4 marta Yevropa chempioni bo‘lgan. “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan.

Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMga hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagini bildirib, hujjat topshirgan abituriyentlar soni 114 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Bugungi kunda quyidagi Oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari va hududlar abituriyentlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan (tanlov) oliy ta’lim muassasalari 3-taligi:

1) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bir o‘ringa 2,96 nafar abituriyent;
2) Andijon tibbiyot instituti bir o‘ringa 2,81 nafar abituriyent;
3) Guliston davlat universiteti bir o‘ringa 2,23 nafar abituriyent.

Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 21 iyunda ma’qullangan

Qonunning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

GM Uzbekistan nomi o‘zgardi.

O‘zbekistonning yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi monopol tashkiloti GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining nomi o‘zgardi. Bu haqda Yagona korporativ ma’lumotlari portalidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan.

“General Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyati nomi “UZAUTO MOTORS” aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirildi. Bu haqda hozircha rasman e’lon qilinmadi.


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK parkiga beshinchi “Orzu kemasi” yetib keldi.

Kecha, 2 iyul kuni soat 18:35 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro ayeroportiga O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti qo‘ndi.

Siyetldan Toshkentgacha 12 soatga yaqin davom etgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz muvaffaqiyatli bajarildi. Yangi samolyotni Milliy aviakompaniya ekipaji: MAK uchuvchilar majmuasining uchuvchi-inspektori Iosif Zak va Boeing 787 havo kemasi komandiri Malik Ahmedov boshqardi. Toshkentga kelishdan avval samolyot “Boeing” kompaniyasining Everett shahridagi ayerodromida parvoz va yer usti sinovlaridan o‘tdi. 

Mazkur yangi layner parvoz paytida keng miqyosda internetga ulanish uchun sun’iy yo‘ldosh stansiyasiga ega bo‘lgan aviakompaniyaning beshinchi samolyotidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing