Kim? Qayerda? Nima uchun? Karantin qoidabuzarlari haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image
Jamshid Qo‘chqorov: “Karantin may oyida ham davom etish ehtimoli anchagina katta” north_east

Jamshid Qo‘chqorov: “Karantin may oyida ham davom etish ehtimoli anchagina katta”

Karantin qoidalarini buzish orqali o‘zimiz va yaqinlarimizning sog‘lig‘ini jiddiy xavfga qo‘yamiz. Ushbu qoidalarga amal qilmaslik hatto jinoiy javobgalikka olib kelishi haqida aytilsada ba’zi odamlar ushbu qoidalarni buzishda davom etmoqda. 

Bugun, 15 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Ushbu brifing davomida shu kunga qadar karantin qoidalarini buzgan fuqarolar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha 42,782 ta huquqbuzarliklar aniqlangan. Huquqbuzarlarning 39 291 nafari erkak, qolgan 525 nafari ayol kishi ekanligi ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, huquqbuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaslik sabab kelib chiqqan. Ushbu qoidaga amal qilmaslik bo‘yicha 40 360 ta holat aniqlangan. Shuningdek, qoidabuzarliklarning 395 tasi karantin hududini tashlab ketish, 201 tasi vaqtinchalik to‘xtatilgan savdo faoliyatini davom ettirish, 24 tasi marosim yoki yig‘inlar o‘tkazish, 10 tasi ijtimoiy tarmoqlarda vahima chiqaruvchi yoki asossiz ma’lumotlar tarqatish va 1792 tasi boshqa huquqbuzarliklar bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, huquqbuzarliklarning 6 785 tasi Toshkent shahrida, 4 465 tasi Samarqand viloyatida, 5 341 tasi Toshkent viloyatida, 5 430 tasi Farg‘ona viloyatida va boshqa hududlarda sodir etilgan.

Shuningdek, 65 yoshdan yuqori keksalarning uydan chiqmasliklari qarori yuzasidan 3 261 nafar keksa yoshdagi fuqarolar tomonidan ham karantin qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 99 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Shuningdek, bugun O‘zbekistonda ilk bor koronavirus aniqlanganiga bir oy to‘ldi. Ushbu vaqt ichida mamlakatda qanday voqealar sodir bo‘lgani haqida ushbu maqolada o‘qib olishingiz mumkin.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 

Maqola muallifi

Teglar

Karantin Huquqbuzarlik O'zbekistonda Koronavirus

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made