WBA kamariga sobiq da’vogar Botir Ahmedovning navbatdagi jangi tasdiqlandi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Botir Ahmedov joriy yilning 6 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida navbatdagi professional boks oqshomida jang qiladi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, super yengil vazn toifasi WBA reytingida 6-o‘rinni egallab turgan Botir Ahmedov yana bir o‘zbek bokschisi Muhammadsalim Sotvoldiyev bilan ringda to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Botir Ahmedov faoliyati davomida ikki bor WBA jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqqan (2019, 2022). U ilk urinishda Mario Barriosga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, o‘tgan yilgi ikkinchi urinishda Alberto Puyelloga yutqazib qo‘ygan. 

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Sochidagi boks oqshomida Botir Ahmedovdan tashqari, Hasanboy Do‘smatov va Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Fazliddin G'oibnazarov Hasanboy Do'smatov Botir Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing