Saakashvili Ukrainaga “elitaga qarshi inqilob“ ni taklif qildi

Olam

image

Ukraina Islohotlar Ijroiya Qo‘mitasining yangi tayinlangan rahbari Mixail Saakashvili mamlakatda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonini kuchaytirish kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek u “elitaga qarshi inqilob“ taklifi bilan chiqdi.

“Ukraina Yevropaning sanoat markaziga aylanishi mumkin“, deydi Gruziya sobiq Prezidenti, Odessaning sobiq gubernatori Mixail Saakashvili.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Xitoydan Ukrainaga kelayotgan korxonalarni boshqa soliq, sud va byurokratiyadan xalos qilish kerak.

“Bizda korrupsiyaga qarshi sud ko‘rinishidagi birinchi moyilliklar mavjud. Qolganlarning hammasi hali ham chirigan. Barcha islohotlar urinishlari hech qanday foyda bermadi“, deydi Saakashvili.

Saakashvili, shuningdek, “elitaga qarshi inqilob“ ga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, “kursisida o‘zini yaxshi his qiladigan rahbarlar hech qachon joyini bo‘shatgisi kelmaydi“. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda eski elita vakili bo‘lmagan Zelenskiyning rolini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 7 may arafasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Sobiq Gruziya Prezidenti Saakashvilini Ukrainani isloh qilish bo‘yicha ijroiya qo‘mitasining rahbari etib tayinladi. Ushbu tayinlovdan norozi bo‘lgan Gruziya Kiyevdan o‘z elchisini chaqirib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Mixail Saakashvili

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made