Saudiya Arabistonida 150 shahzoda koronavirus yuqtirib olgan

Olam

image

Saudiya Arabistonida qirollik oilasining 150 nafar a’zosi koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. Hozirda Ar-Riyod gubernatori bo‘lgan shahzoda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Saudiya podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al Saud Qizil dengizdagi Jiddaga yaqin orollardan birida o‘zini izolyatsiya qilgan. Valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon va bir qator vazirlar ham “o‘zini yakkalash” rejimiga o‘tgan. Shifoxonalardan birida qirollik oilasi a’zolari uchun maxsus 500 o‘rin tayyorlangan.

Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilgan, mamlakatning barcha yirik shaharlari yopilgan. Mamlakatda komendantlik soati joriy qilingan. Ayni paytda Saudiyada koronavirusga chalinganlar soni 2900 kishidan oshgan, 631 kishi tuzalgan, 41 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni koronavirus

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made