Ronaldu oxirgi 8 yildagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda

Sport

image

4 may kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 30-turidan o‘rin olgan “Al-Nasr” va “Al-Vahda” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 6:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yinda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi. Bu natija orqali futbolchi klub miqyosida 2023/2024 yilgi mavsumda urgan gollari sonini 45 taga yetkazdi. 45 ta gol Ronaldu uchun 2015/2016 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi natija hisoblanadi. O‘sha mavsumda u “Real”da o‘ynab, 51 ta gol urishni uddalagan.

G‘alabadan so‘ng “Al-Nasr” o‘tkazilgan 30 uchrashuvda 74 ochko jamg‘arib, Saudiya Arabistoni futbol chempionati turnir jadvalida 2-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. “Al-Vahda” esa 32 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Saudiya Arabistoni chempionatida hamon “Al-Hilol” yetakchilik qilmoqda. Neymar jamoadoshlari hisobida 83 ochko mavjud. Kuchli uchlikni 55 ochko bilan “Al-Ahli” yakunlab turibdi. Karim Benzema boshchiligidagi “Al-Ittihod” esa 50 ochko to‘plab, 5-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made