Elchixona Benilyuksdagi o‘zbekistonlilkarni charter reysi masalasida sabr qilishga chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Bryussel (Belgiya) shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 16 martidan boshlab diplomatik vakolatxona huzurida 24 soatlik rejimda O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga tezkor javob qaytarish shtabi faoliyat ko‘rsatmoqda.

TIV ma’lum qilishicha, vatandoshlar bilan telefon va internet orqali doimiy aloqada bo‘lib turilibdi, ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram va WhatsApp) ochilgan kanallarda holat haqidagi dolzarb axborotlar muntazam tartibda tarqatilmoqda, ularga zaruriy konsultativ yordam ko‘rsatilmoqda hamda Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Daniya rasmiy idoralari tomonidan joriy qilingan karantin rejimiga amal qilish bo‘yicha batafsil tushuntirish berilmoqda.

Hozirda Shtab tomonidan Vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Shu bilan birga, diplomatik vakolatxona hamyurtlarni charter reysini tashkillashtirish masalasida biroz sabr qilishga va ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarimizni chalg‘ituvchi asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.

Benilyuks va Daniya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining vizalarini uzaytirish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish maqsadida Shtab mazkur davlatlarning migratsiya xizmatlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Shtab vatandoshlardan O‘zbekiston fuqarolari orasida kasallik tasdiqlangan holatlarda davolash jarayonini monitoring qilish, konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordamni ko‘rsatish uchun zudlik bilan xabar berishni so‘ragan.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari Bryussel shahridagi Elchixona huzuridagi operativ shtabga murojaat qilishlari mumkin:

Shtab rahbari – O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Hakimov Dilyor, +3226612040, +3226612041, [email protected].

Shtab rahbari o‘rinbosari – Mamatov Ravshan, +3226612046, [email protected].

Shtab a’zolari:
- Agzamov Ulug‘bek, +3226612047, [email protected];
- Sobirov Bobur, +3226612049, [email protected];
- Akbarov Anvarjon, +3226612045, [email protected];
- Abdurashidov A’zamjon, +32488414806 (mobil), +3226612042, [email protected];

Shtab manzili: Av.F.Roosevelt, 99 B-1050 Brussels.

Telefonlar: +32488414806 (mobil), +3226612042, +3226612040, +3226728844.

Elektron pochta: [email protected]

Telegram: https://t.me/uzbbenelux


Maqola muallifi

Teglar

elchixona koronavirus charter reys

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing