Isroildagi amerikalik diplomatlarga yirik shaharlardan tashqariga chiqish taqiqlandi

Olam

image

AQSHning Quddusdagi elchixonasi diplomatik missiya xodimlari va ularning oila a’zolariga mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli yirik shaharlardan tashqariga chiqishni taqiqladi. Bu haqda Amerika diplomatik missiyasi saytida chop etilgan xabarda aytiladi.

“Ehtiyotkorlik tufayli AQSH hukumati (elchixonasi) xodimlari va ularning oila a’zolariga keyingi ogohlantirishgacha Tel-Aviv, Quddus va Beer Sheva shaharlaridan tashqariga chiqish taqiqlanadi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, AQSH elchixonasi xodimlariga faqat uchta shahar o‘rtasida sayohat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi, jumladan 2 general halok bo‘ldi. Eron hujum uchun zudlik bilan javob qaytarishini aytdi va voqeada AQSHni aybladi. 4 aprel kuni Eron ma’naviy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining X sahifasida Isroilni konsullik bo‘limiga havo hujumi uyushtirgani uchun tavba qilishga majbur qilishini ibroniy tilida yozdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 aprel kuni O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarga ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatgan, shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyni tark etmaslikni tavsiya qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh elchixona Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing