Isroildagi o‘zbekistonliklardan yashash manzilini tark etmaslik so‘raldi

Jamiyat

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarga ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatgan.

“Ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyingizni tark etmaslikni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlarini ham qoldirgan:
 
 03-672-2466

 03-672-2371

 03-758-5075

 03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

  972 54 485 1397

Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Isroildagi o‘zbekistonliklar Navro‘zni nishonlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Isroil hushyorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing