O‘zbekiston Osiyo kubogidan qanday foyda ko‘rdi?

Intervyu

Hayajonga va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan Osiyo kubogi yakunlandi. Qatar mezbonligida o‘tgan turnir yuqori tashkilotchilik bir qatorda, qit’adagi bir qator terma jamoalarning o‘yin va jismoniy jihatdan kuchayganini ko‘rsatib berdi.

Jumladan, O‘zbekistonga qo‘shni Tojikistonning musobaqadagi debyutidayoq chorak finalga qadar yetib borishi yoki turnirda guruhdan chiqishi ham oxirgi turgacha noma’lum bo‘lib turgan Iordaniyaning yakunda vitse-chempionga aylanishi va albatta bahslar starti avvalida chempionlikka asosiy da’vogar deb qaralgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Avstraliya kabi termalarning birortasi finalga qadar yetib bora olmagani yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Musobaqada sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Osiyo kubogining eng kuchli sakkiz jamoasi safiga kira oldi. Turnir davomida jamoa bir qator yo‘qotishlarga uchrashiga qaramasdan, o‘yindan o‘yinga ochilib, kerakli natijani qayd etib bordi, biroq chorak finalda, Qatar bilan bahsda omad “oq bo‘rilar”ga kulib boqmadi. Muvaffaqiyatsiz penaltilar oqibatida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a birinchiligi bilan xayrlashdi.

Terma jamoa o‘yinida yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatilayotgan bo‘lsa ham, muxlislarda bir qator savollar tug‘ilishi tabiiy holat – "Nega bahslar davomida murabbiy nominal hujumchilarga kam imkoniyat berdi? Nimaga O‘zbekiston doim penaltilar seriyasiga kelganda oqsab qoladi? O‘zbek futboli bu chempionatdan qanday foyda ko‘rdi?" singari.

QALAMPIR.UZ yuqoridagi savollar bilan Osiyo kubogi bahslarni bevosita Qatardan tomosha qilgan, O‘zbekiston futbol muxlislari yetakchilaridan biri Javohir Shokirovga yuzlandi.

Futbol muxlisining aytishicha, O‘zbekiston musobaqada chempionlikkacha yetib borsa bo‘lardi, biroq bir qator omillar bunga to‘sqinlik qilgan. O‘yindan o‘yinga futbolchilarning jarohat olib safdan chiqishi, ba’zi terma jamoa darajasidagi futbolchilarni tarkibga jalb qilinmasligi qayd etilgan natijaning kelib chiqish omillaridandir.

Shuningdek, Shokirov turnirdagi ayrim o‘yinlar o‘zida shubha uyg‘otganini aytib o‘tdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi eng yaxshi natijasi 2011 yil aynan Qatarda o‘tkazilgan turnirda qayd etilgan. O‘shanda Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa musobaqaning eng kuchli 4 ta jamoasi safiga kirishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing