Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi 

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Oqilbek Japarovni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining o‘n birinchi yig‘ilishida ishtirok etish va boshqa masalalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati Japarovning kun tartibidan energetika va qurilish sanoatida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish, qurilish loyihalari bosh rejalari bilan tanishish ham o‘rin olganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Oqilbek Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made