Tojikistonliklar ortidan O‘zbekiston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti – OAV

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va boshqa o‘tkazish punktlarida nafaqat tojikistonliklar, balki O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelayotgan muhojirlarning ham mamlakatga kirishini taqiqlamoqda. Bu haqda "Exclusive.kz" nashri xabar berdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirliklari ushbu holatga hozircha hech qanday izoh bermagan.

Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, mamlakatga kirmoqchi bo‘lgan migrantlarni ommaviy qo‘lga olish 24 aprelda boshlangan va 1 mayga kelib Rossiya aeroportlarida 4500 ga yaqin odam to‘plangan va xuddi shuncha odam yerusti nazorat punktlari orqali kiritilmagan.

"Rossiyaga kiritilmasdan ushlab turilganlarning to‘rtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa ko‘prog‘i – O‘zbekistondan kelgan muhojirlardir", degan huquq himoyachisi.

Chupikning ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida deportatsiya qilinadi. Ayrim hollardagina qaytarib yuborish bir haftagacha cho‘zilishi mumkin.

Huquq himoyachisiga 24 apreldan buyon chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan muhojirlardan ikki yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Eng achinarlisi, odamlar och va suvsiz qolishgan, hatto hojatxonaga kirish ham muammo bo‘lyapti. Bu ham yetmaganday, hech qanday tushuntirishlarsiz ularning telefonlari olib qo‘yilgan.

"Ayni paytda Rossiyaga ro‘mol o‘ragan ayollar yoki mo‘ylovsiz soqolli erkaklar kiritilmayapti. Mamlakatga ishlash uchun kelayotganlarni bunchalik ommaviy haydash avvallari kuzatilmagan", degan Chupik nashrga.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi to‘rt kun ichida Moskvaning Vnukovo xalqaro aeroportidan 643 nafar Tojikiston fuqarosi deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Valentina Chupik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made