O‘quvchilar bo‘lgan avtobusning yonishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot – FVV

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxorodan ziyoratdan qaytayotgan o‘quvchilar o‘tirgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar bergan edik. Avtobusda jami 53 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ular evakuatsiya qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan qo‘shimcha ma’lumotlarga asosan, 2 nafar fuqaro O‘rtachirchiq tumani shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning salomatligiga jiddiy zarar yetmagani bois uyiga javob berilgan.

Hozirgi vaqtda, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida 5 nafar fuqaro shifokorlar nazorati ostida. Ularga barcha zarur bo‘lgan choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, avtobus yo‘lovchilarining 37 nafari Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchisi, 3 nafari o‘qituvchi, 10 nafari ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH FVV Buxoro

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made