Surxondaryoda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Kecha, 5 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelib, tumanning "Terakzor" mahallasi hududida o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlangan va yo‘lning chap tomonida joylashgan ko‘chaga burilayotgan 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Malibu bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti avtomobilidagi ikki kishi halok bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomashinasida vafot etganlar bor. Yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling! Umr – tezlikdan muhim!”  deyiladi YHXB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan bolalar va ayollar halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo Qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made