Qashqadaryo – “yashil” hudud. Qaysi sohalardan karantin cheklovlari olib tashlandi?
Jamiyat
−
06 may 2020
12358Bugun, 6 may kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Hokim viloyat markazi Qarshi shahrida qator karantin cheklovlari yumshatilgan va ba’zilari bekor qilinganini e’lon qildi.
Xususan, ertaga, 7 maydan Qarshi shahrida karantin talablariga rioya qilgan holda quyidagilarga ruxsat beriladi:
• Yo‘nalishsiz taksilar 3 kishidan oshmagan holda yo‘lovchi tashishga (ammo Damas va avtobuslarga ruxsat berilmagan);
• Sartaroshxonalar ishini tiklashga;
• Mahsulotini tashqariga yoymagan holda savdo do‘konlariga;
• Fuqarolarga mototsikl, skuter va velosipedlarda harakatlanishiga;
• Mehmonxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga;
• Shaxsiy avtomobillarda Qarshi shahrida 24 soat davomida (maqsadli) harakatlanishga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Respublika maxsus komissiyasiga karantin choralarini yengillashtirish masalasida bir nechta taklif bilan chiqqandi.