Brexit`ga oz qoldimi? Buyuk Britaniyada saylovchilar ovozini hisoblash boshlandi

Olam

image

Buyuk Britaniyada yetakchi Konservatorlar partiyasi muddatidan avval o‘tkazilayotgan parlament saylovlarida mutlaq yetakchilik qilyapti. Uchta yirik telekanal tomonidan tayyorlangan yagona ekzitpolga ko‘ra, Bosh vazir Boris Jonson rahbarligidagi konservatorlar yangi parlamentda 368 o‘rinni egallaydi.

Agarda bu raqamlar tasdiqlansa, konservatorlar 2017 yildagi saylovdan keyingi natijalarga qaraganda 50 ta ko‘p mandatga ega bo‘ladi va 650 o‘rinli Jamoalar palatasida mutlaq ko‘pchilikni ta’minlaydi. Bu amalda partiya o‘zi xohlagan qonunni qabul qila olishiga imkon yaratadi va Buyuk Britaniya Boris Jonson va’da qilganidek, 2020 yil 1 yanvarida Yevropa Ittifoqidan chiqib, Brexit`ni amalga oshiradi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, muxolifat Leyboristlar partiyasi 191 ta mandatni qo‘lga kiritadi. Bu saylovgacha bo‘lgan mandatdan 71 ta kam. “Liberal demokratlar” partiyasi ekzitpol ma’lumotiga ko‘ra, parlamentda 13 ta o‘rin egallaydi, Shotlandiya milliy partiyasi 55 ta o‘rin va boshqa partiya hamda mustaqil nomzodlar 23 ta o‘rinni qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada saylovchilar ovozini hisoblash jarayoni davom etyapti. Rasmiy ma’lumot e’lon qilinganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya saylov Brexit

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing