Xitoy AQSHdagi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urindi – Blinken

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyning AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish va aralashishga urinishlarini e’lon qildi. Uning so‘zlarini CNN keltirmoqda.

“Bu masala Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvda muhokama qilindi”, deya aniqlik kiritgan Blinken.

Blinkenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bunday harakatlar to‘xtatilishiga ishonch hosil qilmoqchi.

“Umuman olganda, biz ta’sir o‘tkazish va, ehtimol, aralashuvga urinishlarning dalillarini ko‘ramiz. Xitoyning bizning saylovlarimizga har qanday aralashuvi biz diqqat bilan kuzatadigan narsalardan biridir va bu biz uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Shuning uchun men bu safar ular bizning so‘zlarimizni eshitishlariga ishonch hosil qilmoqchi edim”, deydi davlat kotibi.

Ma’lumot uchun, 24 aprel kuni Amerika diplomatiyasi rahbari Shanxayga borgan va XXRga amaliy tashrifini boshlagan. U 26 aprelga qadar Xitoyda bo‘ldi. Blinkenning tashrifi oldidan o‘tkazilgan brifingda Xitoy TIV vakili Qo‘shma Shtatlar Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi normal munosabatlarni qoralamasligi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmasligini bir necha bor ta’kidlagan va Xitoyning Rossiya Federatsiyasiga qurol yetkazib bergani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.

Oldinroq Entoni Blinken Pekinda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgandi. Van I Blinkenga Qo‘shma Shtatlar Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga oid qizil chiziqlarni buzmasligi kerakligini aytdi.

U Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ham uchrashgandi. O‘shanda Xitoy rahbari “Xitoy va AQSH dushman emas, sherik bo‘lishi kerak”ligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy saylov Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing