Eron Britaniya Mudofaa vazirini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Eron Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shepps va Kiprdagi “Akrotiri” aviabazasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Britaniya Qurolli kuchlari boshliqlari, havo bazasi qo‘mondonlari va uch kompaniyaga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, bu qarorga Eron "tinchlik va xavfsizlikka qarshi terrorchilik harakatlarini" targ‘ib qilish deb talqin qilgan Buyuk Britaniyaning Isroilni qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan.

“Eron Islom Respublikasi Britaniya rejimi va zikr etilgan shaxslarning sionistik rejim tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdagi harakatlarini qoralaydi. Ularni Britaniya rasmiylarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini buzishi deb hisoblaydi va Buyuk Britaniyaning xatti-harakatlari BMT Nizomidagi xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzish ekanini ma’lum qiladi”, deyiladi TIV bayonotida. 

“Qora ro‘yxat”ga Britaniya harbiy razvedkasi rahbari Edrian Berd, Qurolli kuchlar strategik qo‘mondonligi rahbari Jeyms Xokkenxoll va qirollik armiyasining boshqa yuqori martabali amaldorlari kiritildi. Sanksiyalar Britaniyaning HMS Diamond esminetsi, uning qo‘mondoni Piter Evans, shuningdek, HMS Richmond fregati qo‘mondoni Richard Kempga nisbatan joriy qilingan. Londonga ko‘ra, kemalar Yaman husiylarining hujumlari munosabati bilan Qizil dengizda navigatsiya xavfsizligini ta’minlamoqda.

Qayd etish joizki, Buyuk Britaniya aprel oyida Eronga qarshi sanksiyalar kiritishda AQSHga qo‘shilgan. Ular orasida Mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtianiy, Qurolli kuchlar Bosh shtabi va Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kuchlari ham bor edi.

Buyuk Britaniya yanvar oyidan beri Yaman husiylarining Qizil dengizdagi kemalarga hujumlariga AQSH bilan birga javob qaytarmoqda. Xususan, Yamandagi nishonlarga hujumlar uyushtirilmoqda. Britaniya aprel oyi o‘rtalarida Isroil hududiga yuzlab uchuvchisiz samolyotlar va raketalar uchirilganida yahudiy davlatiga Eronning hujumiga qarshi kurashishda yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Buyuk Britaniya sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made