Toshkentda ko‘p-qavatli uylardagi eski liftlar almashtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilda ko‘p qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejalashtirilgan. Mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 23 884,4 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan liftlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif etilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish 1 aprel kunidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

lift ko'p-qavatli uy

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing