BMT Shavkat Mirziyoyevni mukofotladi

Jamiyat

image

Kecha, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasiga qaratayotgan e’tibori uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘lom turmush tarzi va harakatlarni, shuningdek, yuqumli kasalliklar oldini olish va unga qarshi kurashish hukumatning asosiy ustuvor vazifasi deb bilgani uchun BMT tuzilmasining mukofoti bilan taqdirlandi. 

Mukofot 23 sentyabrda Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMTning “Maqsadli guruh do‘stlari” (“Friends of the Task Force”) tadbirida topshirildi.

Mukofotni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT

Baholaganlar

76

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing