Rossiya Ukrainadagi urushda Shimoliy Koreya raketalaridan foydalangani tasdiqlandi

Olam

image

BMT ekspertlari joriy yilning 2 yanvar kuni Xarkovga zarba berishda qo‘llanilgan raketa qoldiqlarini o‘rganib chiqib, u KXDRda ishlab chiqarilganini aniqladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, "Reuters" axborot agentligi xabar berdi.

"Gap "Xvason-11" seriyali ballistik raketasi haqida ketmoqda", deyiladi ekspertlar tomonidan tayyorlangan 32 sahifalik hisobotda.

Hisobot mualliflarining mustaqil manbalari raketa aynan kim tomonidan qaysi manzildan uchirilgani haqida ma’lumot ololmadi. Biroq Ukraina tomonidan taqdim etilgan raketaning parvoz yo‘li haqidagi ma’lumotlar "u Rossiya Federatsiyasi hududidan uchirilganini tasdiqlaydi".

"Bu Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2006 yilda Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar buzilayotganini bildiradi", deyiladi xabarda.

Avvalroq ham G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya KXDR bilan harbiy hamkorlikni kengaytirib, Ukrainadagi jangovar zonada foydalanish uchun Shimoliy Koreya snaryadlari va raketalarini sotib olayotgani haqida bir necha bor yozgan.

AQSH harbiylarining ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlarini raketa bilan ta’minlash orqali Shimoliy Koreya qurollarini jangovar sharoitlarda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, KXDR "Xvason-11" qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan taktik ballistik raketasining ilk sinovlarini 2019 yilda o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made