Toshkent viloyatida jo‘mrakdan ichimlik suvi o‘rniga qon oqqaniga izoh berildi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrining “Ramazon” mahallasidagi bir necha xonadonda ichimlik suvi jo‘mragidan qon aralash suv oqayotgani haqida xabar bergan edik. “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

Aytilishicha, suv ta’minoti korxonasiga kelib tushgan murojaat o‘rganilgan.  Diametri 57 mm li ichimlik suvi tarmog‘i o‘chirilganda, quvurdagi nosozlik sabab unga ariq suvi qo‘shilayotgani aniqlangan. Ushbu ichimlik suvi  tarmog‘i aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 15 ta xonadonga tortilgan. 

“Hozirda ichimlik suvi to‘xtatilgan. SES xodimlari bilan birgalikda quvurlarni almashtirish hamda ichimlik tarmoqlarini yuvish ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanining “O‘ngqo‘rg‘on” mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qonli suv oqishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

O‘rganish davomida haqiqatan ham “Obod Savdo Biznes” MCHJ ga qarashli qushxona faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni ariqqa oqizilgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan 2021 yilning 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspeksiyasi tomonidan ogohlantirish xati berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ichimlik suvi Olmaliq qon SES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing