Dushanbedagi Prezidentlar ziyofati, deputatlarning maktab qabuliga e’tirozi, Andijondagi yong‘in va kunning boshqa xabarlari

Jamiyat

image

15 iyun kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida siz bilan O‘zbekiston, jahon va boshqa sohalarda yuz bergan kunning eng muhim voqealariga to‘xtalib o‘tamiz.

Jamiyat

Bosh prokuratura Andijonda Prezidentni aldaganlarni javobgarlikka tortishni talab qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Andijon shahrida bir necha ayollarni bepul kottej olganligi to‘g‘risida intervyu berishga majburlangani haqida OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan hamda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan xabarlardagi vajlar o‘rganib chiqildi.

Tezkor! Andijonda ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Bugun, 15 iyun kuni Andijon shahar 1-mikrorayondagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in vaqtida olingan videolar tarqaldi. Unda to‘rt qavatli binoning tom qismi yonayotganini ko‘rish mumkin.

Deputatlar: Maktabga qabul tizimining yangi tartibi Konstitutsiyaga zid

O‘zbekiston Respublkiasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherbayev Toshkent shahridagi maktablarda yangi o‘quv yilidan bolalarni 1-sinfga qabul qilishning yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan boshlangan muhokamalarga qo‘shildi. Deputat Kusherbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida hammualliflikda yozilgan "Ta’limda korrupsiyaning oldini olishmi yoki taka bo‘lsin, sut bersinmi? Nega Konstitutsiyamiz va qonun normasiga zid hujjatlar qabul qilinmoqda?" sarlavhali maqola matnini keltirgan. Maqolada maktabga qabul qilishdagi yangi tartibga 10 ta e’tiroz keltirilgan.

Xavfsizlik - bo‘linmas, ishonch esa uning fundamental asosidir – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida nutq so‘zladi hamda ishtirokchi mamlakatlarning tinchlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Said-Abdulaziz Yusupov ishi DXX tergoviga tasodifan tushib qolmagan

Avvalroq, O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov DXX tomonidan hibsga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Uning ishi hozirda qay ahvolda, Yusupovning jinoiy sheriklari bo‘lganmi?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Said-Abdulaziz Yusupovning jinoiy sheriklari bor-yo‘qligi bo‘yicha hozircha biror ma’lumot aniqlanmagan. Bu haqda kecha, 14 iyun kuni Prokuratura organlari faoliyatiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tildi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.

Uch aka-uka fuqaroni 673 ming dollarga “uxlatdi”

Namangan viloyatida fuqaroning naqd 673 ming dollarini olib, aldab ketgan aka-ukalar qo‘lga olindi. Uchqo‘rg‘on tumani Sohil MFYda yashovchi 44 yoshli M.I. akalari 50 yoshli G‘.I. va 56 yoshli Sh.I. Islomobod mahalla hududida 51 yoshli S.A.ga o‘zlarini Rossiya Federatsiyasida zotdor qoramol boqish hamda sotish savdosi bilan shug‘ullanishlarini va unga 1500 bosh yosh qoramol olib kelib berishlarini aytib, S.A.dan yirik miqdorda pullarni olgan.

Bu yil imtihonga kechikkanlar kiritilmaydimi?

Har yil yozda oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirish, imtihon, kvota va shunga o‘xshash masalalar kun tartibiga chiqadi. O‘tgan yili ilk bor OTMga kirish imtihonlari yangicha tartibda o‘tkazildi. O‘tgan yili test jarayoni bo‘lib o‘tayotgan ba’zi binolarga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar kiritilgani holda, ayrim vaziyatlarda 1 daqiqa kechikkanlar sinovlardan chetlatilgan manzaralar ham kuzatilgan. Shuningdek, ayrim binolarda kuzatuv kameralari ishlamay qolgani haqida ham ota-onalardan shikoyat tushgan.

Bu yil qanday bo‘ladi? Kech qolgan abituriyentlar test sinovlariga kiritiladimi yo kiritilmaydimi?

Transport vazirligi Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarining xorijiy kompaniyaga o‘tishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlari boshqaruvi “Novaport” kompaniyasiga o‘tishi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Olam

Foto+video: Imomali Rahmon Prezidentlar uchun do‘stlik oqshomi uyushtirdi

Tojikiston Prezidenti Imomalir Rahmon Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti ishtirokchilari uchun do‘stlik oqshomini uyushtirdi. Imomali Rahmonning Varzob tumanidagi rezidensiyasida ziyofat tashkil qilindi.

Mehmon Prezidentlar Vladimir Putin, Qosim-Jomart Toqayev, Shavkat Mirziyoyev, Maytripala Sirisena, Muhammad Abdul Hamid, Afg‘oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla, Kambodja Bosh vaziri Xun Sen va boshqalarga tojik milliy taomlari taklif qilingan.

Moldovada siyosiy inqiroz o‘z yechimini topdi

Moldovada yuzaga kelgan siyosiy inqiroz o‘z yechimini topdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Igor Dodon ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan avval saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishi siyosiy inqirozni bartaraf etishga imkon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing