Alisher Usmonov “Forbes” reytingida yuqoriladi

Olam

image
Alisher Usmonov xoldingi koronavirusga qarshi kurash uchun Rossiyaga 2 mlrd rubl ajratdi north_east

Alisher Usmonov xoldingi koronavirusga qarshi kurash uchun Rossiyaga 2 mlrd rubl ajratdi

O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Forbes” jurnali talqiniga ko‘ra eng boy rus biznesmenlari reytingida 7-o‘rinni oldi.

USM Holdings kompaniyasi asoschisi va asosiy hissadori Alisher Usmonov 13,4 mlrd dollar boyligi bilan TOP-10 talikda qolgan. O‘tgan yili milliarder 9-o‘rinda edi.

Rossiyalik milliarderlar orasida Vladimir Potanin birinchi o‘rinni egallagan. U "Norilskiy nikel" kompaniyasi hamda "Interros" xoldingi prezidenti hisoblanadi. Uning boyligi 19,2 mlrd dollarga baholangan.

Ikkinchi o‘rin "Novolipets metallurgiya kombinati" raisi Vladimir Lisinga nasib qilgan. Lisinning boyligi 18,1 mlrd dollarga teng.

Uchinchi o‘rinni Leonid Mixelson egalladi. U "Novatek" energetika kompaniyasi raisi hioblanadi. Uning boyligi 17,1 mlrd dollarga teng.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratgan edi. Bundan tashqari, virus vaksinasi topilsa, uni O‘zbekistonga olib kelishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing