Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifini yakunlab, Toshkentga keldi.

Shavkat Mirziyoyev 16-17 may kunlari hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Andijonda bo‘ldi.

Andijonga tashrifi davomida davlat rahbari Xonobod tumanida bo‘ldi. Tumanda ishga tushirilgan yangi korxonalar faoliyati va "Xonobod" sihatgohidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida “Khantex Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Andijon viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Prezident viloyat aholisi o‘sib borayotgani yana ko‘plab uylar va qo‘shimcha ish o‘rinlari, ijtimoiy va kommunal xizmatlar tashkil etishni talab qilishi, buning uchun vazirliklar va viloyat rahbarlari uzoqni ko‘zlab, o‘zini qiynab ishlashi zarurligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Prezident andijonliklarning yashash sharoitlarini ham ko‘zdan kechirdi. Andijon shahridagi eski mahallada bo‘lib, nurab qolgan uyda yashovchilarni yangi uylarga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Safari so‘ngida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi. Shu bilan Prezidentning Andijonga tashrifi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing