Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kremlga ko‘ra, Moskvadagi harbiy paradning faxriy mehmonlari – Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon , Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos Prezidenti Tongloun Sisulit, Gvineya-Bisau Respublikasi Prezidenti Sisoku Embalo bo‘lishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made