Qozog‘istondagi aviahalokat: Bek Air samolyot urilgan uy egasini sudga berdi

Olam

image
Eron Ukraina samolyotini qanday urib tushirgani videosi tarqaldi north_east

Eron Ukraina samolyotini qanday urib tushirgani videosi tarqaldi

Qozog‘istonning Bek Air aviakompaniyasi samolyoti urilib, halokatga uchragan uy egasini sudga berdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

“Bek Air meni sudga bergani haqida hujjat keldi. Endi o‘ylayapman, nega ular hokimiyatni emas, meni sudga berdi? Menga yer berish bo‘yicha ham, uy qurish bo‘yicha hokimiyat ruxsat bergan. Ular meni aybdor qilmoqchi. 21 fevralga sudga chaqirishibdi. Men avval Bek Air`ni sudga bergandim. Dekam, ular javoban da’vo ochishibdi”, deydi Reshet Kalibek.

Bundan tashqari, Bek Air samolyoti urilgan uy egasi o‘ziga boshqa yer so‘ragan. U o‘zining so‘rovini yurist Bakitjon Bazarovning Facebook sahifasida e’lon qildi.

Kottej egasi Reshet Kalibek Talgar tumani hokimiyati avvalroq unga zararni qoplashini ma’lum qilgan. Erkak jami zararni 25 mln tenge deb baholagan. Bunda uy 20 mln tengega baholangan. Biroq hokimiyat endilkda unga javob bermay qo‘ygan. U moddiy zararni qoplash va boshqa joydan qonuniy yer berishlarini so‘rayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 27 dekabrida Olma-ota-Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan Bek Air samolyoti aeroport yaqinida binoga urilib, ulagandi. Havo laynerida 93 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat natijasida 13 kishi, jumladan bort kapitani ham halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing