Saida Mirziyoyeva Moskvada ochilgan Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasida qatnashdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyaning Moskva shahridagi Tretyakov galereyasida rassom-suprematist, Malevichning shogirdi Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanalida yozishicha, musavvirning asarlari Rossiya, Fransiya, Gretsiya va O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan, kartinalarning aksariyati I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi tomonidan namoyish qilingan.

“Umid qilamizki, mazkur ko‘rgazma Nukus muzeyining jahon miqyosida shuhrat qozonish yo‘lidagi zafarli yurishini boshlab beradi, uning noyob kolleksiyalarini ommalashtirishga hamda O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, san’at ixlosmandlari “sahrodagi Luvr”ga shaxsan tashrif buyurishlariga va o‘ziga xos san’at asarlari to‘plamini tomosha qilishlariga turtki bo‘lsa, ajab emas. 

Biz muzey asoschisi Igor Savitskiy ushbu durdonalarni yig‘ish uchun qanchalik mehnat qilgani va fidoyilik ko‘rsatganini namoyish etmoqchimiz”, deb yozadi u.

Saida Mirziyoyevaning fikriga ko‘ra, “bu uning xotirasiga hurmat va mazkur bebaho muzey aynan O‘zbekistonda tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorchilik ramzidir”.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made