Saida Mirziyoyeva 3 ta vazirlik rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 22 fevral kuni ayrim vazirliklarning rahbariyatlari bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ushrashuvda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga oid 2024 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilingan.

"Biz Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbariyatlari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Uchrashuvda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga oid 2024 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ularning bajarilishini to‘laqonli ta’minlash maqsadida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Joriy yil yakunida amaliy natijalar kutilmoqda", deb yozdi Mirziyoyeva. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan, 26 yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan, tanishgandi.  

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing