Kuvayt amiri vafotidan so‘ng mamlakatga yangi amir tayinlandi

Olam

image

Amir Sabah IV vafotidan so‘ng valiahd shahzoda Navaf al-Ahmad al-Jabir as-Sabah Kuvaytning yangi amiri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri Anas Xolid al-Saloh bayonotiga tayanib xabar berilmoqda. 

Davlat vazirining ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaning 4-moddasiga muvofiq valiahd shahzoda shayh Navaf al-Ahmad al-Jabir as-Sabahni Kuvayt davlatining yangi amiri etib tayinlagan. Rasmiy idoralar faoliyati uch kunga to‘xtatilgan. Mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al-Jabir as-Sabah IV kecha, 29 sentyabr kuni vafot etgandi. 91 yoshli amir AQSHda davolanayotgan bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vazirlar Mahkamasi Kuvayt Navaf al-Ahmad al-Jabir as-Sabah Navaf al-Ahmad Sabah IV

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing