O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 1300 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

2020 yil 15 aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1275 nafarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, kecha, 14 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat 167 taga ortib, kunlik rekordni yangilagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 99 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Shuningdek, bugun O‘zbekistonda ilk bor koronavirus aniqlanganiga bir oy bo‘ldi. Ushbu vaqt ichida mamlakatda qanday voqealar sodir bo‘lgani haqida ushbu maqolada o‘qib olishingiz mumkin.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing