Robotlar endi boks tushadi

Texnologiya

image

Xitoyning sharqiy Shandun provinsiyasidagi Qibo Robot kompaniyasi mohir jangchining harakatlarini takrorlashga mo‘ljallangan robotni ishlab chiqdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.

Yangi bokschi robot QIBBOT deb nomlanadi va faqatgina bir qo‘lga ega. Shunga qaramay, u o‘zining o‘ta tezkor javob reaksiyasi bilan hayratda qoldiradi. Kompaniya masofadan boshqariladigan ushbu robotning sinovlari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Unda robot qaytarayotgan eng kech zarbalarga sarflanadigan vaqt 12 millisekundni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, QIBBOT prototipining bo‘yi 190 sm, og‘irligi 140 kg ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Somatis startapi jamoat joylari uchun hojatxona tozalovchi robotni, Isroilning “Kitchen Robotics” kompaniyasi esa soatiga 75 ta idishda ovqat ishlab chiqarish quvvatiga ega robotni yaratdi. Keyinroq “Huggingface” platformasi rasm yuklaganda 30 soniyada suratga asoslanib, hikoya yozib beruvchi neyron tarmog‘ini ishga tushirdi. Koreya fan va texnologiya instituti muhandislari va tadqiqotchilaridan iborat guruh esa hozirda samolyotni boshqarishga qodir odamsimon robotni yaratmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy boks Robotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made