"Biz xayriya qilayotgan tadbirkorlarga qarshi emasmiz, ammo...” Bositxonova nimadan norozi?

Jamiyat

image
O‘zbekistonlik san’atkorlar 352 millionlik xayriya qildi north_east

O‘zbekistonlik san’atkorlar 352 millionlik xayriya qildi

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusning tarqalish xavfi va u tufayli aholi zarar ko‘rishining oldini olish maqsadida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tajribasi joriy qilingani haqida xabar bergan edik. Ushbu markazlar tashkil qilingani haqida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi. 

Bositxonovaning ta’kidlashicha, bunday markazlarning tashkil qilishdan maqsad xayriya jarayonida karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilishdir. Bositxonovaning aytishicha, bu jarayonda ba’zi xayriya qiluvchilar karantin qoidalarini buzgan holda ehtiyojmandlar oldiga bormoqda.

“Bizning tadbirkorlarga qarshiligimiz yo‘q. Ularning homiylik harakatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo ko‘rsatilayotgan yordamlar mahallalar bilan kelishilgan, tegishli tibbiy ko‘rik va sanitariya talablariga rioya etgan holda ehtiyojmand oilalarga olib kirilishi maqsadga muvofiq”, deydi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Bositxonova, ushbu xayriya jarayonlarida oilalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda qabul qilingan masofa qoidasiga amal qilish kerakligini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 1 aprelidan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalarini vaqtincha to‘xtatishga qaratilgan qarorni qabul qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 190 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Xayriya El'mira Bositxonova Tadbirkorlar

Baholaganlar

4

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing