Urugvay “China Cup 2019” g‘olibiga aylandi

Sport

image

Biroz avval “China Cup 2019” xalqaro musobaqasi O‘z nihoyasiga yetdi. Turnirning final bahsi ham Xitoyning Nanning shahridagi “Guanxi Sports Center” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Finalda Urugvay milliy terma jamoasi Tailand bilan bahs olib bordi. Janubiy Amerikaliklarning ustunligida o‘tgan bahs urugvayliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollar Vesino, Pereyra, Stuani va Gomes tomonidan kiritildi.

Xabaringiz bor, musobaqaning 3-o‘rin uchun o‘tgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.

Tailand – Urugvay 0:4

Gollar: Vesino (6), Pereyra (38), Stuani (58), Gomes (88)


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay China Cup 2019

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing