U-20 Jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Sport

image

Urugvay va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi U-20 Jahon chempionatining final uchrashuvi yakunlandi. Hal qiluvchi o‘yinda Janubiy Amerika terma jamoasi raqibini minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

86-daqiqaga kelibgina uchrashuvda hisob ochildi. Lotin Amerikasi terma jamoasi hujumchisi Lusiano Rodriges g‘alaba golini kiritdi.

Ushbu g‘alaba Urugvay terma jamoasi uchun bu turnirdagi ilk chempionlik hisoblanadi. Bungacha Urugvay jamoasi finalda ikki marta – 1997 va 2013 yillarda mag‘lub bo‘lgan.

Kichik mundial yarim finalida Urugvay Isroilni 1:0, Italiya esa Janubiy Koreyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 3-o‘rin uchun o‘yinda Isroil jamoasi kuchliroq bo‘lib chiqdi. Yevropa vakillari Janubiy Koreya termasini mag‘lub etdi – 3:1.

Eslatib o‘tamiz, U-20 Jahon chempionatida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etdi. Osiyo chempionlari musobaqaning 1/8 finalida Isroilga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay U-20 Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing