O‘zbekiston - Urugvay: Asosiy tarkiblar ma’lum

Sport

image

Biroz avval, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “China Cup-2019” xalqaro turniri doirasida Urugvayga qarshi o‘yin o‘tkazishini xabar qilgan edik. Yarim final uchrashuvi uchun har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari bugun maydonga tushadigan asosiy tarkib futbolchilarining nomini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper mazkur o‘yinga quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga tanlab olgan:

O‘zbekiston: Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, Krimets, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Sidiqov, Masharipov, Hamdamov, Shomurodov.

Urugvayliklar ustozi Oskar Tabares esa quyidagi futbolchilarga ishonch bildirmoqda:

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Laksalt, Nandez, Vesino, Bentankur, Lodeyro, Stuani, Pereyro.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Urugvay “China Cup-2019”

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made