Rasman OFKga prezident saylandi

Sport

image

Biroz avval, 6 aprel kuni OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2019-2023 yillar uchun prezidenti saylanishi haqida xabar qilgan edik.

Saylov jarayonlari hozirgina o‘z yakuniga yetdi. Uning yakunlariga ko‘ra, Shayh Salmon bir Ibrohim al-Halifa g‘olib bo‘ldi va keyingi 4 yillikda OFK prezidentiligini saqlab qoldi.

OFK prezidentligi uchun kurashda Shayx Salmondan boshqa hech kim yo‘q edi. Ikki nafar nomzod Muhammad Halfan Matar Said al-Romayti (BAA) hamda Saud Aziz Muhammad al-Moxannadi (Qatar) o‘z nomzodini qaytarib olishgandi.

Bahraynlik Shayx Salmon 2013 yilning may oyidan buyon Osiyo qit’asi futboli prezidenti bo‘lib ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OFK

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing