OFK Osiyo kubogiga qachon qur’a tashlashini e’lon qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 ta jamoa qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqaga 11 may kuni qur’a tashlashini ma’lum qildi. Marosim Qatar poytaxti Dohadagi Qatar opera teatrida bo‘lib o‘tadi. An’anaga ko‘ra qur’a tashlash marosimiga bosh murabbiylar va jamoa rahbarlari, shuningdek, milliy futbol federatsiyalari prezidentlari taklif etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi Osiyo chempionatining 1/8 finalida Avstraliya bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Terma jamoa qit’a birinchligidagi eng yaxshi natijasini 2011 yilda aynan Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida qayd etgan. O‘shanda O‘zbekiston vakillari turnirni 4-o‘rin bilan yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi OFK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made