“Real” ilk transfer harakatini boshladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi yozda o‘z tarikibiga qo‘shib olishni rejalishtirmoqda.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan uchrashgan va har ikkala tomon ham muzokaralarga kirishishgan. Xabaringiz bor, ayni paytda yashirin sabablar tufayli argentinalik futbolchi "Inter" asosiy tarkibidan chiqarib tashlangan. Shu sababdan, Italiya jamoasi futbolchining transferiga qarshilik ko‘rsatmasligi kutilayapti. Ikardining o‘zi esa, Madridga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligini oldin ham aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” bosh murabbiyligiga qaytgan Zidanga klub rahbariyati transferlar uchun 300 million yevro ajratmoqchi. Fransiyalik mutaxassisning o‘zi esa jamoasi tarkibida “Chelsi” futbolchilari Edin Azar va Ngolo Kanteni ko‘rishni istayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mauro Ikardi

Baholaganlar

58

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made